7-sinf · Informatika va AT · 2-chorak · 10-dars

Loyiha xususiyatlarini ishlab chiqish

Bob: Multimediadan maqsadli foydalanish

infoqadam.uzInformatikani qadam-baqadam o‘rganamiz
Bugungi dars rejasi

Darsimiz 6 qadamdan iborat

1Tashkiliy qismSalomlashish, davomat, dars maqsadi
2TakrorlashO‘tgan mavzular bo‘yicha savollar
3Yangi mavzuMultimedia, auditoriya va maqsad, loyiha xususiyatlarining 5 bo‘limi
4Mustahkamlash«Qaysi bo‘lim?» jamoaviy o‘yini, rejani tekshirish
5BaholashMezonlar va o‘z-o‘zini baholash
6Uy vazifasiDarslik va saytdagi topshiriqlar
1 · Tashkiliy qism

Bugun nimani o‘rganamiz?

Dars oxirida siz:

  • auditoriya va maqsad nima ekanini tushuntirasiz;
  • loyiha xususiyatlari nima uchun kerakligini bilasiz;
  • har bir slayd uchun kontent, shrift, maket, o‘tish va havolalarni rejalashtirasiz;
  • partadoshingiz rejasini tekshira olasiz.

Yangi bob

Bu bobda PowerPoint yordamida hayvonot bog‘i haqida multimedia taqdimotini yaratamiz. Bugun uni rejalashtirishni o‘rganamiz.

2 · Takrorlash

1-chorakni eslaymiz

1. Hujjatdagi sarlavhalarni bir xil ko‘rinishda tez formatlash uchun nima ishlatiladi?Stillar (Styles), masalan Heading 1, Heading 2.
2. Har bir sahifaning yuqorisida takrorlanadigan maydon qanday nomlanadi?Header. Pastdagisi — Footer.
3. Chop etishdan oldin sahifa qanday ko‘rinishini qayerda tekshiramiz?Print Preview — File → Print oynasida.
3 · Yangi mavzu

Do‘stingiz siz uchun taqdimot yaratishi kerak.

Lekin siz yonida bo‘lmaysiz. U taqdimotni aynan siz o‘ylagandek qanday yaratadi?

Og‘zaki tushuntirsangiz…

Ko‘p narsa unutiladi: shrift, ranglar, qaysi rasm qayerda turishi.

Loyiha xususiyatlarini bersangiz…

Har bir slayd qog‘ozda batafsil yozilgan — do‘stingiz uni sizning yordamingizsiz yaratadi.

3 · Yangi mavzu

Multimedia, auditoriya va maqsad

Multimedia

Taqdimotga qo‘shiladigan matn, rasm, animatsiya, audio va video elementlari.

Ortiqcha effektlar taqdimotni chalkash qiladi — har biri o‘ylab tanlanadi.

Auditoriya

Taqdimotni tomosha qiladigan insonlar: sinfdoshlar, kichik o‘quvchilar, ota-onalar…

Maqsad

  • axborot beruvchi
  • ko‘rsatma beruvchi
  • ko‘ngilochar
  • yoki uchalasi birgalikda
3 · Yangi mavzu

Loyiha xususiyatlari nima?

Loyiha xususiyatlari — taqdimotning mazmuni, maketi, havolalari, o‘tishlari, formatlanishi va animatsiyalari ko‘rsatilgan reja.

Nimaga o‘xshaydi?

Multfilm uchun chiziladigan kadrlar jamlanmasiga: har bir slaydda nima bo‘lishi oldindan chizib-yozib chiqiladi.

Asosiy talab

Reja shunchalik aniq bo‘lsinki, boshqa odam taqdimotni sizsiz yarata olsin.

3 · Yangi mavzu

Har bir slayd uchun 5 ta bo‘lim

Bo‘limNimani yozamiz
1. KontentMatn, rasm, audio va video
2. ShriftTuri, o‘lchami, rangi; qalin, qiya yoki tagiga chizilgan
3. MaketMatn, tasvir va tugmalar qayerda turadi; fon rangi yoki dizayni
4. O‘tishlar va animatsiyalarEffekt turi, davomiyligi, trigger, animatsiyalar tartibi
5. Strelkalar (havolalar)Qaysi slayd qaysi slaydga havola orqali o‘tadi
3 · Yangi mavzu

Namuna: bitta slayd rejasi

Sevimli taomim
• Nomi: palov
• Nega yoqadi: mazali va to‘yimli
• Qachon: bayramlarda
rasm
Keyingi →

2-slayd namunasi

Bo‘lim2-slayd uchun reja
KontentSarlavha, 3 qatorli ro‘yxat, palov surati
ShriftSarlavha: Calibri, 40 pt, to‘q ko‘k, qalin; matn: 20 pt, qora
MaketSarlavha tepada markazda; ro‘yxat chapda; rasm o‘ngda; fon och sariq
O‘tish / animatsiya«Fade», 1 soniya; rasm sichqoncha bosilganda paydo bo‘ladi
Havola«Keyingi» tugmasi → 3-slayd
3 · Yangi mavzu

Kalit so‘zlar

O‘tish effektiBir slayddan keyingisiga o‘tishdagi animatsiya
AnimatsiyaSlayddagi matn va tasvirlarga qo‘shiladigan harakat
TriggerAnimatsiyani boshlash uchun bosiladigan tugma
MaketMatn va tasvirlarning tartiblangan joylashuvi
FormatlashMatn yoki tasvir ko‘rinishini o‘zgartirish
KontentKiritiladigan matn, rasm, audio va video
4 · Mustahkamlash · Jamoaviy o‘yin

«Qaysi bo‘lim?»

Jamoalar navbat bilan javob beradi. O‘qituvchi tanlangan bo‘limni bosadi.

1-jamoa0
2-jamoa0

4 · Mustahkamlash

Tezkor savollar

1. Taqdimot yaratishda eng muhim ikki narsa qaysi?Auditoriya va maqsad.
2. Trigger nima?Animatsiyani boshlash uchun bosiladigan tugma yoki obyekt.
3. Loyiha xususiyatlarida strelkalar nimani ko‘rsatadi?Slaydlar orasidagi havolalarni: qaysi slayd qaysi slaydga o‘tadi.
4. Reja qanchalik batafsil bo‘lishi kerak?Boshqa odam taqdimotni sizning yordamingizsiz yarata oladigan darajada.
4 · Mustahkamlash

Partadoshingiz rejasini tekshiring

Rejada aniq ko‘rsatilganmi?

  1. qaysi kontent kiritiladi;
  2. kontent slaydning qayeriga joylashadi;
  3. qaysi shriftlar ishlatiladi;
  4. slaydlar orasida qanday havolalar bor.

Qanday ishlaymiz?

  • Har biringiz «Sevimli narsalarim» taqdimotining 1 ta slaydini rejalashtiring.
  • Rejalarni almashing.
  • Hamma 4 band bajarilgan bo‘lsa — ✔, bo‘lmasa — maslahat bering.
5 · Baholash

O‘zingizni baholang

Men bugun…

  • auditoriya va maqsadni ayta olaman;
  • loyiha xususiyatlarining 5 bo‘limini bilaman;
  • bitta slayd uchun to‘liq reja yoza olaman;
  • partadoshim rejasini tekshira olaman.

Har bir band uchun barmoq ko‘rsating: ✋ to‘liq · ✌ qisman · ☝ yordam kerak

Baholash mezonlari

BahoNimani bajardi
5Barcha savollarga to‘g‘ri javob, amaliy topshiriq to‘liq
4Kichik xatolar bilan bajardi
3Yordam bilan bajardi
6 · Uy vazifasi

Uyga vazifa

  1. Darslikning 36–38-betlarini o‘qing.
  2. «Sevimli narsalarim» taqdimoti uchun 3 ta sevimli narsangizni tanlang.
  3. Har bir slayd uchun daftarga reja yozing: slayd raqami, mavzusi, kontent, shrift va havolalar.

Saytda mashq qiling

infoqadam.uz → 7-sinf → 2-chorak → 10-dars

Saralash, tartiblash va loyiha xususiyatlari shakli hamda 10 savollik test.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Keyingi darsda: slaydga o‘tish effektlari, vaqt va audio qo‘shish

infoqadam.uzInformatikani qadam-baqadam o‘rganamiz
← Dars 1 / 16